“ Andijon davlat texnika instituti !”

O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2024-yil 18-noyabrdagi "Andijon davlat texnika institutini tashkil etish to‘g‘risida"gi PQ-396-son Qarori hamda O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-dekabrdagi “O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2024-yil 18-noyabrdagi "Andijon davlat texnika institutini tashkil etish to‘g‘risida"gi PQ-396-son Qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida"gi 458-son buyrug‘iga muvofiq 2025-yil fevral oyida Andijon davlat texnika instituti rasman tashkil etildi. Ushbu inbstitutning 2025-yil 20-fevraldagi “Andijon davlat texnika institutida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini tashkillashtirish to‘g‘risida”gi 16-son buyrug‘i qabul qilindi. Unga asosan Andijon davlat texnika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi rasman 2025 yil 20 fevral kunidan o‘z faoliyatini boshlagan deb hisoblanadi.

Bo‘limning asosiy vazifalari:

  • Ta’lim jarayonida adolat va shaffoflikni ta’minlash
  • Talaba va xodimlar uchun halollik, vijdonlilik, mas’uliyat kabi qadriyatlarni keng targ‘ib qilish
  • Korrupsion holatlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish
  • Talaba va xodimlardan kelib tushgan murojaatlarni tezkor ko‘rib chiqish va hal etishda yordam berish
  • Jamoatchilik bilan hamkorlikni rivojlantirish orqali ochiq va ishonchli muhitni shakllantirish

Bo‘limning maqsadi — institutda sog‘lom, adolatli va korrupsiyadan xoli muhitni yaratish, yoshlarni halollik va poklik ruhida tarbiyalash hamda jamiyatimizda shaffoflikni kuchaytirishga o‘z hissasini qo‘shishdir.