Korrupsiyaviy huquqbuzarlikning oldini olishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi

• Feb. 2, 2026, 3:28 p.m. • 7
Korrupsiyaviy huquqbuzarlikning oldini olishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi

Andijon davlat texnika institutida korrupsiyaviy huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida talaba-yoshlar bilan davra suhbati tashkil etildi.

💻 Tadbirda Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakulteti talabalari faol ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi kurashishning ahamiyati va yoshlar hayotiga ta’siri haqida fikr almashdilar. Tadbir davomida talabalarga firibgarlik, bezorilik va giyohvandlik kabi salbiy illatlar bilan birga korrupsiyaviy huquqbuzarlikning oldini olish yo‘llari tushuntirildi.

✅ Shuningdek, tadbirda institut Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Valijon Turdiyev ishtirok etdi. U soha bo‘yicha mas’ul mutaxassis sifatida nafaqat korrupsiyaviy huquqbuzarlikning oldini olishning amaliy yo‘llari va samarali usullarini talabalarga tushuntirdi, balki bu boradagi qonunchilik talablari, me’yoriy hujjatlar va institut ichki nazorat tizimi ishlash prinsiplari haqida ham batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, u yoshlarni korrupsiyaga qarshi faol bo‘lish, huquqbuzarlik holatlariga nisbatan mas’uliyatli munosabatni shakllantirish va o‘zlari kelajakda yetakchi mutaxassis sifatida halol ishlashga rag‘batlantirdi..

🤝 Davra suhbati yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi va bunday uchrashuvlar yoshlarning huquqiy ongini oshirish hamda jamiyatdagi salbiy illatlarga qarshi murosasiz munosabat shakllantirishda muhimligi ta’kidlandi.



Ortga qaytish