Andijon davlat texnika institutining 2-Talabalar turar joyida rahbariyatdan mas’ul navbatchi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i V.Turdiyev va tarbiyachi N.Nusratovlar tomonidan 2026-yil 4-fevral kuni ta’lim tashkilotlarida firibgarlik, bezorilik, giyohvandlik va korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olishga yo‘naltirilgan huquqiy targ‘ibot ishlari olib borildi.
Institutning "Qalqon" jamoatchilik tuzilmasi a’zolari bilan o‘tkazilgan suhbat jarayonida posbonlarning xizmat vazifalarini ado etish chog‘ida talalabalar turar joyi tartib-qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar misolida o‘rganish ishlarini to‘g‘ri tashkillashtirish va hujjatlashtirish choralari haqida batafsil tushunchalar berildi.
https://korrupsiya.astiedu.uz
https://t.me/andmi_antikorr