Institutda “Startap loyihalar” tanlovi o‘tkazildi.

• Feb. 21, 2026, 12:59 p.m. • 4
Institutda “Startap loyihalar”  tanlovi o‘tkazildi.

Institutda “Startap loyihalar”  tanlovi o‘tkazildi.

Andijon davlat texnika institutida 2026-yil 19-fevral kuni “Eng yaxshi innovatsion g‘oya egasi” tanlovining 2-bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi. Tanlov Axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt va robototexnika, Yashil energiya va energiya tejamkorligi, Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, Innovatsion qurilish va arxitektura yechimlari, Ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha  bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilarning startap loyihalari ekspertlar tomonidan  g‘oyaning dolzarbligi, innovatsionligi, amaliy ahamiyati hamda tijoriy istiqboli asosida baholandi. Mazkur tanlov institutda innovatsion muhitni yanada rivojlantirish, yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirildi.
Tanlov jarayonida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuvi  holatlarining oldini olish maqsadida  komissiya  tarkibida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi  vakili ishtirok etdi.
https://korrupsiya.astiedu.uz         
 https://t.me/andmi_antikorr



Ortga qaytish