“Moliyaviy huquqbuzarlik hamda yashirin iqtisodiyotga toqatsizlik pozitsiyasini shakllantirish” mavzusidagi amaliy seminar

• Feb. 24, 2026, 1:14 p.m. • 2
“Moliyaviy huquqbuzarlik hamda yashirin iqtisodiyotga toqatsizlik pozitsiyasini shakllantirish” mavzusidagi amaliy seminar

(2026-yil 25-fevral, soat 13:30)

✅ Hurmatli fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari, hamkasblar va mehmonlar!

✅Andijon davlat texnika instituti Sizni va tashkilotingiz jamoasini 2026-yil 25-fevral kuni “Moliyaviy huquqbuzarlik hamda yashirin iqtisodiyotga toqatsizlik pozitsiyasini shakllantirish” mavzusida o‘tkaziladigan amaliy seminarga taklif qiladi.

🇺🇿 Seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabr kuni o‘tkazilgan taqdimotida belgilangan 17-band topshirig‘ini amalga oshirish maqsadida tashkil etilmoqda.

✅ Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi, viloyat Moliya boshqarmasi mas’ullari, shuningdek davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalarining moliya-iqtisod yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislari va komplayens xodimlari ishtirok etadi.

✅ Seminar davomida moliyaviy huquqbuzarliklar va yashirin iqtisodiyotning dolzarb muammolari, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va yechimlar, javobgarlik va huquqiy oqibatlar muhokama qilinadi, shuningdek, o‘zaro tajriba almashish imkoniyati yaratiladi.

✅ Tadbir institutning asosiy binosida bo‘lib o‘tadi.

🤝 Sizning ishtirokingiz biz uchun muhim va ahamiyatlidir.

Hurmat bilan,
Institut rahbariyati

📱Murojaat uchun: +998 94 561 25 56

🏫Bizni kuzatishda davom eting!
📱Telegram (https://t.me/andtexnika) |📱 Facebook (http://www.fb.com/andtexnika) | 📱Instagram (https://www.instagram.com/andtexnika/)



Ortga qaytish