Rektor va atoqli olimlar nomidagi stipendiyalar uchun tanlov nazorat ostida o‘tkazildi

• Feb. 24, 2026, 1:19 p.m. • 3
Rektor va atoqli olimlar nomidagi stipendiyalar uchun tanlov  nazorat ostida o‘tkazildi

Andijon davlat texnika institutida 2026-yil 23-fevral kuni institut rektori hamda atoqli olimlar nomidagi stipendiyalarga talabgorlar o‘rtasida tanlovning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. 
Tanlov jarayonlari ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor boshchiligida tuzilgan maxsus komissiya a'zolari, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish komplaens-nazorat bo‘limi vakili tomonidan amaldagi tartib asosida, shaffof va xolis tarzda tashkil etildi. Hujjatlarni ko‘rib chiqish, baholash hamda yakuniy qaror qabul qilish bosqichlari belgilangan mezonlar asosida, manfaatlar to‘qnashuvisiz amalga oshirildi.
https://korrupsiya.astiedu.uz         
 https://t.me/andmi_antikorr



Ortga qaytish