O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 6-fevraldagi 02/23-613-son xatida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat texnika institutida 2026-yil 25-fevral kuni “Moliyaviy huquqbuzarlik hamda yashirin iqtisodiyotga toqatsizlik pozitsiyasini shakllantirish” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.
Institutning komplaens va moliya-iqtisod tuzilmalari tashabbusi bilan o‘tkazilgan mazkur seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish, komplaens nazoratini takomillashtirish va raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan 2025-yil 10-dekabr kuni o‘tkazilgan taqdimotda berilgan topshiriqlar bayoni" (17-band) ijrosini ta’minlashga qaratildi.
Seminarda professor--o‘qituvchilar, xodimlar hamda talaba-yoshlar bilan moliyaviy huquqbuzarliklar va yashirin iqtisodiyotning dolzarb muammolari, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va yechimlar, javobgarlik hamda huquqiy oqibatlar yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi. Mavzu yuzasidan ochiq muloqot va fikr almashuvi bo‘lib o‘tdi.
![]()
![]()
![]()
![]()
![]()
Tadbir davomida institutda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida faol ishtirok etib, yoshlarda ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda jonbozlik ko‘rsatgan bir qator rahbar xodimlar, talabalar hamda akademik litsey o‘qituvchi va o‘quvchilari rektorning faxriy yorliq va tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.
Amaliy seminarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Andijon viloyat boshqarmasi, viloyat Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi mas’ullari, shuningdek davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektorlari, mutaxassislari hamda korrupsiyaga qarshi komplaens tuzilmalari xodimlari, institutning moliya, buxgalteriya, menejment va iqtisodiyot yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar hamda talabalar taklif qilindi va faol ishtirok etdilar.
🏫Bizni kuzatishda davom eting!
📱Telegram (https://t.me/andtexnika) |📱 Facebook (http://www.fb.com/andtexnika) | 📱Instagram (https://www.instagram.com/andtexnika/) | 📱YouT