Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi E'loni

• March 14, 2026, 12:23 p.m. • 3
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi E'loni

Hurmatli institutimiz talabalari va akademik litsey o‘quvchilari, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar!

Institutimizda korrupsiyadan xoli muhitni yaratish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining yangi alohida veb-sayti ishga tushirildi:
🌐 https://korrupsiya.astiedu.uz

Mazkur saytda:

yangiliklar,

so‘rovnomalar,

murojaatlar,

reytinglar

bo‘yicha maxsus sahifalar joylashtirilgan.

“Murojaatlar” sahifasi orqali Siz quyidagi holatlar yuzasidan o‘z murojaatingizni qoldirishingiz mumkin:

institut va uning tasarrufidagi akademik litsey faoliyatida uchrashi mumkin bo‘lgan korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlari;

ta’magirlik;

firibgarlik;

manfaatlar to‘qnashuvi;

talaba va o‘quvchilarga nisbatan nohaqlik;

tazyiq va boshqa salbiy holatlar.

Ushbu sayt orqali institut professor-o‘qituvchilari va xodimlari, talabalar, akademik litsey o‘quvchilari hamda ota-onalarning fikr va mulohazalari muntazam o‘rganib boriladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda faol, e’tiborli va mas’uliyatli bo‘lishingizni so‘raymiz.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bilan bog‘lanish uchun:

📞 Aloqa telefonlari:
+998 74 223 47 11
+998 93 429 42 60

📱 Telegram kanali:
https://t.me/andmi_antikorr

🏫Bizni kuzatishda davom eting!



Ortga qaytish