“Yoshlar kuni” doirasida bitiruvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

• March 26, 2026, 1:23 p.m. • 4
“Yoshlar kuni” doirasida  bitiruvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Andijon davlat texnika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan 2026-yil
26-mart kuni  "Yoshlar kuni" tadbirlari doirasida “Iqtisodiyot va boshqaruv” fakulteti bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirning asosiy maqsadi – bitiruvchilarning institutda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligi to‘g‘risida fikrini eshitish va takliflarini olish edi. Natijada bitiruvchilar so‘nggi 4 yil ichida institutda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilgan  ishlar va ko‘rilgan  choralarni ijobiy baholadilar.
Bitiruvchilarga Yakuniy davlat attetatsiya jarayonida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, bo‘lim tomonidan tashkillashtiilgan maxsus onlayn so‘rovnomada ishtirok  etib va shu bilan institutda korrupsiyani to‘la-to‘qis yo‘q qilishda o‘z hissasini qo‘shish tavsiya etildi.
https://korrupsiya.astiedu.uz         
 https://t.me/andmi_antikorr



Ortga qaytish