Andijon davlat texnika institutida 2026-yil 30-mart kuni 2ta tyutor vakant lavozimlariga 20dan ortiq nomzodlar o‘rtasida tanlov o‘tkazildi. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktabrdagi 656-son Qaroriga muvofiq, tanlovlar o‘tkazilishi haqida oldinldan institut rasmiy veb-sayti va ommaviy axborot vositalarida e'lonlar berildi, nomzodlardan tasdiqlangan mezonlarga asosan hujjatlar qabul qilindi, tanlov jarayoni videonazoratga olindi. Tanlov davomida korrupsion, shu jumladan manfaatlar to‘qnashuvi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida komissiyasi tarkibida Korrupsiyaga qarshi kurashish "komplaens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi vakili faoliyat olib bordi.
https://korrupsiya.astiedu.uz
https://t.me/andmi_antikorr