Andijon davlat texnika institutida vazirlikning 2026-yil 11-fevraldagi “Oliy taʼlim muassasalarida talabalar uchun startaplar boʻyicha “Eng yaxshi kreativ gʻoya” respublika tanlovini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 51-son buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida 2026-yil 07-aprel kuni institut bosqichi o‘tkazildi. 17 ta nomzodlardan 3 nafar sovrindorlarni aniqlash jarayonida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish maqsadida komissiya tarkibida Korrupsiyaga qarshi kurashish "komplaens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi vakili ishtirok etdi.
https://korrupsiya.astiedu.uz
https://t.me/andmi_antikorr