Vazirlikning qator topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Andijon davlat texnika instituti rektor telegram-boti va Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat tizimini boshqarish bo‘limi Ishonch telefoniga kelib tushayotga ma’lumotlarni o‘rganish maqsadida 2026-yil 13-aprel kuni “Qurilish muhandisligi va e’lektroenergetika” fakultetining 2,3 va 4-bosqich talabalari o‘rtasida maxsus so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnoma professor-o‘qituvchilarning faoliyatida korrupsiya, shu jumladan manfaatlar to‘qnashuv holatlarini aniqlashga yo‘ naltirildi.
Fakultet rahbariyati yordamida professor-o‘qityuvchilar va talabalar tomonidan qonunbuzarlik holatlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan mazkur so‘rovnoma natijalari tahliliga asosan preventiv choralarini ko‘rish, yoshlarda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish ishlarini takomillashtirish ko‘zda tutilmoqda.
https://korrupsiya.astiedu.uz
https://t.me/andmi_antikorr