HURMATLI INSTITUTIMIZNING PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI, XODIMLARI VA TALABA-YOSHLARI!
🏫 Institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi faoliyatining asosiy maqsadi — ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvi (poraxo‘rlik, tamagirlik, firibgarlik, tanish-bilishchilik va boshqalar) holatlarini barvaqt aniqlash, ularning oldini olish hamda ularga barham berishdan iborat.
🔎 Shu munosabat bilan, shuningdek boshlanayotgan yakuniy nazoratlar jarayonini inobatga olgan holda, Sizlardan quyidagi holatlarga duch kelsangiz biz bilan bog‘lanishingizni so‘raymiz:
🗣 Institut faoliyatida sodir etilayotgan korrupsiya yoki manfaatlar to‘qnashuvi holatlari;
boshqa turdagi huquqbuzarliklar;
yakuniy nazoratlar bilan bog‘liq shubhali vaziyatlar.👍 Bog‘lanish va murojaatlar uchun:
🚀 Telegram: https://t.me/andmi_antikorr
🌐 Veb-sayt: https://korrupsiya.astiedu.uz
🤖 Anonim murojaatlar uchun botlar: @andmi_antikorrbot, @KQKBB
📞 Ishonch telefonlar: +998 74 223-47-11, +998 93 429-42-60“Biz korrupsiyaga qarshimiz!” shiori ostida birgalikda harakat qilib, korrupsiyadan holi jamiyat barpo etish yo‘lida o‘z hissamizni qo‘shaylik hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni amalda namoyon etaylik.
ADTexI Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi
🏫Bizni kuzatishda davom eting!