"Biz birgalikda korrupsiyani to‘xtatamiz!” mavzusida suhbat o'tkazildi

• April 27, 2026, 5:18 p.m. • 8
"Biz birgalikda korrupsiyani to‘xtatamiz!” mavzusida suhbat o'tkazildi

Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetida   1-bosqich Marketing yo‘nalishi talabalari ishtirokida “Biz birgalikda korrupsiyani to‘xtatamiz!” shiori ostida talabalarga yetarlicha maʼlumotlar berib oʻtildi
Tadbir davomida talabalarga korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning oldini olish choralari hamda yoshlarning bu boradagi mas’uliyati haqida atroflicha ma’lumot berildi. Interaktiv muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda talabalarning fikr-mulohazalari tinglandi hamda savol-javoblar tashkil etildi.
Mazkur tadbir 1-bosqich Marketing yo‘nalishi tyutori Ahmadaliyeva Ra’no  va Gumanitar fanlar kafedrasi oʻqituvchisi R. Kamilov bilan birgalikda o‘tkazilib, talabalarda huquqiy madaniyatni oshirish, halollik va adolat tamoyillariga sodiqlikni mustahkamlashga qaratildi.
Yoshlar o‘z fikrlarida korrupsiyaga qarshi kurashishda har bir fuqaroning, ayniqsa talabalarning faol pozitsiyasi muhim ekanligini ta’kidladilar.



Ortga qaytish