“Antikorrupsiya monitoring guruhi” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

• May 2, 2026, 2:25 p.m. • 9
“Antikorrupsiya monitoring guruhi” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Andijon davlat texnika institutida institut rektori, texnika fanlari doktori, professor Umid Turdialiyev hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Valijon Turdiyev boshchiligida volontyor talabalar ishtirokida “Antikorrupsiya monitoring guruhi” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad institutda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish, shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash hamda talaba-yoshlarning huquqiy ongini oshirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida korrupsiyaning oldini olish, uning salbiy oqibatlari hamda unga qarshi samarali kurashish mexanizmlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, volontyor talabalar tomonidan ta’lim jarayonida uchrashi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha monitoring ishlarini olib borish, taklif va tashabbuslar ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar tinglanib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

🏫Bizni kuzatishda davom eting!
📱Telegram (https://t.me/andtexnika) 



Ortga qaytish