Andijon davlat texnika instituti Intelektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakulteti talabalari uchun “Tillar va gumanitar fanlar” kafedrasi assistenti D. Najimidinova tomonidan “Yoshlarda halollikni shakllantirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida 18–25 yoshdagi yoshlar ongida halollik, vijdonlilik, mas’uliyat va adolat kabi muhim insoniy fazilatlarni shakllantirish masalalari keng muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, bugungi kunda jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy barqarorlik yosh avlodning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liqdir.Shuningdek, halollik insonning eng yuksak ma’naviy fazilatlaridan biri ekani, u rostgo‘ylik, poklik, vijdonlilik va adolat tushunchalari bilan uzviy bog‘liq holda namoyon bo‘lishi alohida qayd etildi.
🏫Bizni kuzatishda davom eting!
📱Telegram