Andijon davlat texnika institutida Vazirlikning topshirig‘iga muvofiq, Polshaning Varshava shahrida 2026-yil 10–11-iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan “Perspektywy Women in Tech Summit 2026” xalqaro tadbirida ishtirok etish uchun saralash jarayonlari tashkil etildi.
Mazkur xalqaro tadbirda ishtirok etish uchun institut nomidan ishtirok etish uchun munosib nomzodlar saralab olindi. Saralashda nomzodlarning akademik ko‘rsatkichlari, ilmiy-tadqiqot faoliyati, xorijiy tillarni bilish darajasi hamda innovatsion loyihalardagi faolligi baholandi.
Tanlov jarayonida adolatli muhitni, baholashning xolisligini ta’minlash maqsadida komissiya tarkibida Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi vakili faoliyat olib bordi.
https://korrupsiya.astiedu.uz
https://t.me/andmi_antikorr