Andijon davlat texnika institutida “Eng yaxshi oliy ta’lim ixtirochisi” respublika tanlovining institut bosqichi tashkil etildi
• May 14, 2026, 5:41 p.m. •
12
🔷 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Eng yaxshi oliy ta’lim ixtirochisi” respublika tanlovining institut bosqichi Andijon davlat texnika institutida keng qamrovli va shaffof tarzda bo‘lib o‘tdi. 👍 Mazkur tanlovning asosiy maqsadi — oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlarning innovatsion salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy-texnik ijodkorlikni rivojlantirish, amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ixtirolarni aniqlash va ularni ishlab chiqarish hamda jamiyat ehtiyojlariga integratsiya qilishdan iboratdir. 📊 Tanlov davomida ishtirokchilar tomonidan sun’iy intellekt, dasturlash va axborot texnologiyalari, muhandislik, ekologiya, arxitektura va qurilish, transport-logistika, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi hamda ishlab chiqarish texnologiyalariga oid innovatsion ishlanmalar va zamonaviy ixtirolar taqdim etildi. 🔜 Ishtirokchilarning loyihalari Nizom asosida quyidagi mezonlar bo‘yicha ekspertlar tomonidan baholandi: ✔️ energiya va resurslarni tejash samaradorligi; ✔️ ekologik xavfsizlik va atrof-muhitga mosligi; ✔️ ijtimoiy ahamiyati va insonlar uchun yaratilayotgan qulaylik darajasi; ✔️ ishlanmaning amaliy tayyorlik holati; ✔️ eksport salohiyati; ✔️ import o‘rnini bosish imkoniyati; ✔️ patent va foydali model asosida huquqiy himoyalanganligi. ✅ Tanlov jarayonida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, innovatsion g‘oyalarni tijoratlashtirish hamda yosh ixtirochilarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. ✅ Shuningdek, tanlovning ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish va “kompleans-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan jarayonlarning adolatli tashkil etilishi, baholash mezonlariga qat’iy rioya qilinishi hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish yuzasidan monitoring ishlari olib borildi. ⭕️ Tanlov yakunida eng yaxshi innovatsion va amaliy ahamiyatga ega ixtirolar saralab olinib, hududiy bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi. ⭕️ Mazkur tanlov Andijon davlat texnika institutida innovatsion ekotizimni rivojlantirish, professor-o'qituvchilar va yoshlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatiga bo‘lgan qiziqishini oshirishga hamda zamonaviy texnologiyalar asosida milliy iqtisodiyot uchun raqobatbardosh ishlanmalarni yaratishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.