Yakuniy nazorat jarayonlarining shaffof va adolatli o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida nazorat ishlari kuchaytirildi.
• June 1, 2026, 2:59 p.m. •
1
Andijon davlat texnika institutida yakuniy nazorat jarayonlarining shaffof va adolatli o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida nazorat ishlari kuchaytirildi.
Institutning 2026-yil 19-maydagi 265-son buyrug‘iga muvofiq bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan birinchi va ikkinchi bosqich talabalari hamda 2025–2026-o‘quv yilida masofaviy ta’lim shakliga qabul qilingan talabalar uchun yakuniy nazorat turlarini tashkil etish va o‘tkazish jarayonlari doimiy monitoring ostiga olingan. Shuningdek, yakuniy nazorat ishlarini baholashda ochiqlik, xolislik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida tuzilgan ishchi guruh faoliyati institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan nazorat qilinmoqda. Mazkur nazoratlar ta’lim sifatini oshirish, talabalarning bilimini adolatli baholash hamda institutda ochiq va shaffof ta’lim muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. https://korrupsiya.astiedu.uz https://t.me/andmi_antikorr