2026-yil 22-may kuni Andijon davlat texnika institutida “Iqtisodiyot va boshqaruv” fakultetining “Menejment” yo‘nalishi K-10-25 hamda K-11-25 guruhlari talabalari ishtirokida “Talabalar orasida maishiy (akademik) korrupsiya holatlarining oldini olish” mavzusida profilaktik suhbat tashkil etildi.
Mazkur tadbirda institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i V.Turdiyev, fakultetning o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.To‘xtamurotov, “Tillar va gumanitar fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi F.Karimova hamda jami 33 nafar talaba-yoshlar иштирок etdi.
Suhbat davomida talabalar orasida turli noqonuniy pul yig‘imlari, kurs ishlari yoki baholash jarayonlari bilan bog‘liq noqonuniy holatlarning oldini olish, bu kabi harakatlarning qonunchilikka zid ekani hamda jiddiy javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, institutda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat shakllantirish, o‘quv jarayonlarining shaffofligini ta’minlash hamda talabalar o‘rtasida halollik va adolat tamoyillarini mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
Tadbir davomida yakuniy nazorat va imtihon jarayonlarida belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy rioya etish, xususan, imtihonlarga uyali telefon olib kirish taqiqlangani ham alohida ta’kidlandi.
Institut rahbariyati tomonidan yoshlarni korrupsiya va turli noqonuniy holatlardan yiroq bo‘lishga, bilim va salohiyat orqali natijaga erishishga chaqirildi.
Iqtisodiyoti va boshqaruv fakulteti rasmiy kanali:
https://t.me/iqtisodiyot_andti