Yakuniy nazoratlar jarayonining shaffof va adolatli o‘tkazilishi ta’minlandi

• June 1, 2026, 3:07 p.m. • 4
Yakuniy nazoratlar jarayonining shaffof va adolatli o‘tkazilishi ta’minlandi

Andijon davlat texnika instituti Mexanika va kimyo muhandisligi fakultetida yakuniy nazorat jarayonlarining shaffof va adolatli o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida nazorat ishlari kuchaytirildi.

Institutning 2026-yil 19-maydagi 265-son buyrug‘iga muvofiq bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan birinchi va ikkinchi bosqich talabalari hamda 2025–2026-o‘quv yilida masofaviy ta’lim shakliga qabul qilingan talabalar uchun yakuniy nazorat turlarini tashkil etish va o‘tkazish jarayonlari doimiy monitoring ostiga olingan.

✅Shuningdek, yakuniy nazorat ishlarini baholashda ochiqlik, xolislik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida tuzilgan ishchi guruh faoliyati institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan nazorat qilinmoqda.

Mexanika va kimyo muhandisligi rasmiy kanaliga obuna bo'ling
https://t.me/MKM_UZ



Ortga qaytish