Andijon davlat texnika institutida talabalarning bilimini xolisona va adolatli baholashni ta’minlash maqsadida yakuniy nazorat jarayonlari ustidan nazorat ishlari kuchaytirildi.
🏫 Institutning 2026-yil 19-maydagi 265-son buyrug‘iga muvofiq, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 1–2-bosqich talabalari hamda 2025–2026-o‘quv yilida masofaviy ta’lim shakliga qabul qilingan talabalar uchun yakuniy nazoratlar doimiy monitoring asosida tashkil etilmoqda.
✅ Institutning Aksilkorrupsiya volontyorlari va Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha talaba-yoshlar klubi a’zolari ham imtihon jarayonlari ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlashda faol ishtirok etmoqda. Ularning ishtiroki nazorat jarayonlarining yanada oshkora va adolatli o‘tishiga xizmat qilmoqda.
📌Mazkur chora-tadbirlar ta’lim sifatini oshirish, talabalarga teng imkoniyatlar yaratish hamda adolatli baholash tizimini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
⛓️Bizning sahifalarimiz:
😎Telegram 😎Instagram