Andijon davlat texnika institutida 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni keng nishonlandi. Harbiy xizmatlarni o‘tagan professor- o‘qituvchi va xodimlar uchun maxsus bayram tadbiri yushtirildi, Vatanga bo‘lgan sadoqatli va fidokorona xizmatlari uchun rektor Tashakkurnomalari va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Mazkur tadbirda xizmat yuzasidan qatnasha olmagan institut Korrupsiyga qarshi kurashish “komplaens-nzort” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari, Davlat Xavfsizlik Xizmati faxriylari, iste’fodagi podpolkovniklar Valijon Turdiyev va Shuhratbek Ruziyevlar 2026-yil 16-yanvar kuni o‘z ish joyida taqdirlandilar. Tashakkurnoma va sovg‘alarni institut rahbariyati nomidan Kasaba Uyushma qo‘mitasi raisi Rasuljon Mamatov topshirdi. 👉https://astiedu.uz
👉https://t.me/andmi_antikorrr✅