Yakuniy nazorat jarayonlari – nazorat ostida!

• June 2, 2026, 11:20 a.m. • 4
Yakuniy nazorat jarayonlari – nazorat ostida!

Andijon davlat texnika instituti Qurilish muhandisligi va elektroenergetika fakultetida yakuniy nazorat jarayonlarining shaffof va adolatli o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida nazorat ishlari kuchaytirildi.


🔰Institutning 2026-yil 19-maydagi 265-son buyrug‘iga muvofiq bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan birinchi va ikkinchi bosqich talabalari uchun yakuniy nazorat turlarini tashkil etish va o‘tkazish jarayonlari doimiy nazorat ostiga olingan.

✅Shuningdek, yakuniy nazorat ishlarini baholashda ochiqlik, xolislik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi hamda dekanat bilan birgalikda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha talaba yoshlar klubi a'zolari ham faol ishtirok etmoqda.

t.me/QME_fakulteti



Ortga qaytish