Andijon davlat texnika instituti Qurilish muhandisligi va elektroenergetika fakultetida “Gidrotexnika” hamda “Arxitektura” ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchi talabalari tomonidan bitiruv malakaviy ishlari himoyasi jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.
Bitiruv malakaviy ishlari himoyalarini shaffof, adolatli va xolis tarzda tashkil etish hamda baholash mezonlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash maqsadida institutning Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish komplaens-nazorat tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari tomonidan monitoring ishlari olib borilmoqda.
Monitoring jarayonida himoya tartib-taomillariga rioya etilishi, baholashning xolisligi va ochiqligi, shuningdek, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganilmoqda.
Mazkur nazorat tadbirlari bitiruv malakaviy ishlari himoyalarining sifatli va adolatli o‘tkazilishiga xizmat qilmoqda.