Bitiruv malakaviy ishlari himoyasi “Alpomish merosi” MChJda tashkil etildi

• June 11, 2026, 1:54 p.m. • 23
Bitiruv malakaviy ishlari himoyasi “Alpomish merosi” MChJda tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF–21-son Farmonida oliy ta’lim muassasalari faoliyatini ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘lash, talaba-yoshlarning amaliy tayyorgarligini kuchaytirish hamda zamonaviy talablar asosida malakali muhandis kadrlar tayyorlash sifatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha muhim vazifalar belgilangan.

Mazkur Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat texnika instituti Transport logistikasi kafedrasi Transport logistikasi yo‘nalishi bitiruvchi talabalarining bitiruv malakaviy ishlari himoyasi bevosita ishlab chiqarish korxonasi — “Alpomish merosi” MChJ bazasida tashkil etildi.

Himoya jarayonida talabalar transport-logistika sohasiga oid ilmiy-amaliy ishlanmalarini taqdim etib, transport va logistika tizimlarini takomillashtirish, yuk va yo‘lovchi tashish jarayonlarini samarali tashkil etish, ta’minot zanjirini optimallashtirish, logistika xarajatlarini kamaytirish hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga doir taklif va yechimlarini namoyish etdilar. Korxona mutaxassislari va soha ekspertlari tomonidan bitiruvchilarning nazariy bilimlari hamda amaliy ko‘nikmalari yuqori baholandi.

Ta’lim jarayonining ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuvi talabalarga nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, real ish jarayonlari bilan yaqindan tanishish hamda kelgusidagi kasbiy faoliyatiga puxta tayyorgarlik ko‘rish imkonini bermoqda.

Andijon davlat texnika instituti va sanoat korxonalari o‘rtasidagi samarali hamkorlik malakali muhandis kadrlarni tayyorlash, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada mustahkamlash hamda mamlakatimiz sanoati uchun raqobatbardosh, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni yetishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Himoya jarayonida bitiruv malakaviy ishlarining shaffof, adolatli va xolis tarzda tashkil etilishi hamda baholash mezonlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash maqsadida institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens-nazorat tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari ham ishtirok etdilar.



🏫Bizni kuzatishda davom eting!



Ortga qaytish