Andijon davlat texnika institutida 2026/2027-oʻquv yili uchun kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha alohida iqtidor talab qiluvchi Arxitektura taʼlim yoʻnalishiga kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.
Imtihonlar boshlanishidan avval abituriyentlarga qabul komissiyasi mas’ullari tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni oʻtkazish tartibi, baholash mezonlari hamda belgilangan talablar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilib, ishtirokchilar belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazildi.
Jarayonlarning ochiqligi, shaffofligi va xolisligini taʼminlash maqsadida imtihonlar Andijon davlat texnika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi nazorati ostida tashkil etildi. Shuningdek, barcha bosqichlarda shaffof nazorat mexanizmlari joriy etilib, imtihonlarning adolatli va xolis o’tishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.
Abituriyentlarning ota-onalari hamda yaqinlari imtihon jarayonlarini real vaqt rejimida quyidagi havola orqali onlayn kuzatishlari mumkin:
📺 https://www.youtube.com/live/YR7knbhlgN4?si=TgY-gskFh5EP8DgG