Andijon davlat texnika institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlari o'tkazildi.

• July 20, 2026, 8:51 a.m. • 4
Andijon davlat texnika institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlari o'tkazildi.

Andijon davlat texnika institutida 2026/2027-o‘quv yili uchun  Dizayn (Avtomobilsozlik dizayni) ta'lim yo‘nalishiga o'tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarning 1- va 2-smena yakuniy natijalari belgilangan tartibda e'lon qilinmoqda.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar amaldagi me'yoriy-huquqiy hujjatlar, tasdiqlangan baholash mezonlari hamda adolatlilik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etildi. Baholash jarayonlari malakali mutaxassislar tomonidan belgilangan mezonlarga qat'iy rioya qilingan holda amalga oshirildi hamda barcha bosqichlar Andijon davlat texnika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi nazorati ostida olib borildi.

Talabgorlarning ota-onalari uchun Imtihon jarayonlarini shaffof tarzda onlayn translatsiya orqali kuzatish imkoni yaratib berildi.

Andijon davlat texnika instituti barcha abituriyentlarga kelgusi imtihon bosqichlarida muvaffaqiyat va yuksak natijalar tilaydi!

🏫Bizni kuzatishda davom eting!
📱
Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram | 📱YouTube



Ortga qaytish