Mexanika va kimyo muhandisligi fakultetida korrupsiyani oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir tashkil etildi.
🔰Mazkur tadbirning asosiy maqsadi talaba-yoshlar orasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, halollik va adolat tamoyillarini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi. Tadbir fakultet tyutori A.Abdulayev hamda L.Usarovlar tomonidan olib borildi. Tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning oqibatlari hamda ushbu illatga qarshi kurashishda har bir fuqaroning mas’uliyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
✋Shuningdek, amaldagi qonunchilikda korrupsiyaga oid belgilangan talablar, huquqiy javobgarlik masalalari hamda korrupsion holatlarning oldini olish mexanizmlari yuzasidan tushuntirishlar olib borildi. Tadbir ochiq muloqot ruhida o‘tib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.
✅Mazkur profilaktik tadbir fakultetda sog‘lom va shaffof muhitni mustahkamlash, yoshlar ongida halollik va mas’uliyat tuyg‘ularini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.