Andijon davlat texnika institutida institut texnikumlari bitiruvchilari hamda ularning ota-onalari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
✅ Uchrashuv davomida ishtirokchilarga oliy ta’lim muassasasiga qabul jarayonida o‘tkaziladigan suhbatning tartibi, baholash mezonlari, amaldagi qarorlar hamda qabul jarayoniga oid muhim masalalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
🤔 Muloqotni Andijon davlat texnika instituti rektori U.Turdialiyev olib borib, bitiruvchilar va ularning ota-onalari bilan samimiy muloqot qildi. Rektor oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, institutda yaratilgan zamonaviy ta’lim sharoitlari, yoshlar uchun mavjud imkoniyatlar hamda malakali mutaxassis bo‘lib yetishish yo‘lida mas’uliyat va puxta tayyorgarlikning ahamiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdi.
✅ Tadbirda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor S. Aliyev, Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati bo‘limi boshlig‘i V.Turdiyev hamda Qabul komissiyasi mas’ul kotibi Sh. Daliyev ishtirok etib, qabul jarayonining barcha bosqichlari yuzasidan zarur tushuntirishlar berdilar.
🤔 Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida bitiruvchilar hamda ularning ota-onalarining taklif va mulohazalari tinglanib, qabul jarayonining shaffofligi va adolatliligini ta’minlashga qaratilgan tavsiyalar berildi.