Andijon davlat texnika institutida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlab, institutda tahsil olish istagini bildirgan bitiruvchilar uchun suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tdi.
✅ Suhbat va imtihon jarayonlari xolis, shaffof va ochiq tarzda tashkil etilib, texnikum bitiruvchilarining ota-onalari hamda yaqinlari tomonidan kuzatib borildi.
📚 Joriy yilning 11-13 avgust kunlari Moliya va moliyaviy texnologiyalar, Buxgalteriya hisobi, Bank ishi, Marketing, Logistika, Transport vositalari muhandisligi hamda Yo‘l muhandisligi, Arxitektura, Geodeziya va geoinformatika, Kadastr hamda Qurilish muhandisligi, Axborot tizimlari va texnologiyalari hamda Elektr muhandisligi, Energetika muhandisligi ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlarning soha bo‘yicha va umumiy bilimlari sinovdan o‘tkazildi.
Abituriyentlar institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori S.Aliyev boshchiligidagi komissiya a’zolari tomonidan suhbat asosida baholandi.
🛡 Jarayonlarning shaffofligi va xolisligini ta’minlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi institut komplayens bo‘limi vakillari tomonidan ham kuzatuv olib borildi.
📊 Suhbat natijalari institutning rasmiy kanali orqali e’lon qilindi.
📌 Andijon davlat texnika instituti — shaffof va adolatli qabul jarayonlari tarafdori!Bizni kuzatishda davom eting!
📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram | 📱YouTube