Andijon davlat texnika institutida 1-bosqich talabalari uchun “Kelajak soati” darslari tashkil etilmoqda.
Navbatdagi mashg‘ulot Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati bo‘limi boshlig‘i Valijon Turdiyev tomonidan olib borildi.
Dars davomida talabalarga jamiyat taraqqiyotida yoshlarning o‘rni, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish hamda kelajak uchun mas’uliyat bilan harakat qilishning ahamiyati haqida fikrlar bildirildi.
Shuningdek, talabalarga halollik va shaffoflik tamoyillari, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat, akademik halollik, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va qonun ustuvorligiga rioya etish masalalari yuzasidan tushunchalar berildi.
“Kelajak soati” darslari orqali talabalarning nafaqat bilim va dunyoqarashini kengaytirish, balki ularni halol, mas’uliyatli, faol va yurt kelajagiga daxldor yoshlar etib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🇺🇿 Kelajak — bilimli, halol va mas’uliyatli yoshlar qo‘lida!
#AndijonDTI #KelajakSoati #Yoshlar #Halollik #Shaffoflik #Komplayens #KorrupsiyagaQarshi #YangiOzbekiston