Andijon davlat texnika institutining Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti 1-bosqich talabalari ishtirokida navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘uloti tashkil etildi.
✅ Mazkur dars Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati bo‘limi boshlig‘i Valijon Turdiyev tomonidan olib borildi.
🤔 Mashg‘ulot davomida yoshlarning jamiyat va mamlakat taraqqiyotidagi muhim o‘rni, zamonaviy bilimlarni puxta egallash, kasbiy salohiyatni rivojlantirish hamda kelajak oldidagi mas’uliyatni chuqur his etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤔 Shuningdek, talabalarga halollik, ochiqlik va shaffoflik, korrupsiyaga qarshi kurashish, akademik halollik, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
✅ “Kelajak soati” mashg‘ulotlari orqali talabalarning huquqiy va ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, ularda halollik, mas’uliyat, tashabbuskorlik va fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qiluvchi muhim ko‘nikmalarni rivojlantirish ko‘zda tutilmoqda.
🇺🇿 Yurt kelajagi — bilimli, halol va mas’uliyatli yoshlar qo‘lida!
#AndijonDTI #KelajakSoati #IqtisodiyotVaBoshqaruv #Yoshlar #Halollik #Shaffoflik #Komplayens #KorrupsiyagaQarshi #YangiOzbekiston