“Halollik to‘garagi” a’zolari bilan davra suhbati o‘tkazildi

• Sept. 17, 2026, 9:30 a.m. • 12
“Halollik to‘garagi” a’zolari bilan davra suhbati o‘tkazildi

 Andijon davlat texnika instituti akademik litseyida “Halollik to‘garagi” a’zolarining ilk davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida Andijon davlat texnika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi Sh. Ruziyev, akademik litsey direktorining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari G. Ahmedova, AL Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha mas'ul B. Kamolov, psixolog G. Akbarova hamda litsey o‘quvchilari ishtirok etdilar.

Suhbat davomida “Halollik to‘garagi”ning maqsad va vazifalari, yoshlar o‘rtasida to‘g‘rilik, adolat va halollik tamoyillarini shakllantirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni tarbiyalash hamda huquqiy savodxonlikni oshirish masalalari haqida so‘z yuritildi.

O‘quvchilar to‘garak faoliyati haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.

✨ Halollik — insonning eng yuksak fazilati, adolat esa jamiyat taraqqiyotining mustahkam poydevoridir!

https://korrupsiya.astiedu.uz ,  https://t.me/andmi_antikorr 



Ortga qaytish