1-bosqich talabalari bilan norasmiy muloqot

• Sept. 23, 2026, 2:43 p.m. • 4
1-bosqich talabalari bilan norasmiy muloqot

Andijon davlat texnika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i V.Turdiyev 2026-yl 17-sentabr kuni 2-Talabalar turar joyida institutga qabul qilingan 1-bocqich talabalari bilan norasmiy uchrashuvlar o‘tkazdi. Oliygoh bilan tanishuv jarayoni va yotoqxona sharoitiga moslashuv muammolari, yoshlarning maqsadlari va kelajakdagi rejalari, yetuk mutaxassis bo‘lishida siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy faollik, vatanparvarlik ruhiyatini mustahkamlash, shu jumladan korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishning ahamiyati – TTJ tarbiyachisi N.Nusratov bilan birga o‘tkazilgan profilaktik suhbatlarning asosiy mavzulari bo‘ldi. https://korrupsiya.astiedu.uz 
https://t.me/andmi_antikorr



Ortga qaytish