Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dolzarb masalalar institut Kengashiga olib chiqildi

• Oct. 3, 2026, 8:49 a.m. • 18
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dolzarb masalalar institut Kengashiga olib chiqildi

Andijon davlat texnika instituti Kengashining navbatdagi yig‘ilishida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, vazirlik me’yoriy hujjatlar bajarilishi muhokama qilindi. Yig‘ilishda so‘zga chiqqan komplayens ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i V.Turdiyev tahlillar asosida soha bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimiga to‘xtalib o‘tdi.
Kengash qarori bilan talabalar, professor-o‘qituvchi va xodimlar orasida profilaktik ishlar, “virtual akademiyasi”da o‘qitish, davlat xaridlari bo‘yicha moliyaviy nazorat tadbirlarini o‘tkazish belgilandi.
Kengashda  soha bo‘yicha umumuiy ijobiy natijalarga qaramasdan, mavjud muammolar, shu jumladan Prezidentning 2025-yil 270-son farmoni va 147-son qarori ijrosi to‘liq ta’minlanmaganligi ta’kidlab o‘tildi.
 
 https://korrupsiya.astiedu.uz,         
 https://t.me/andmi_antikorr



Ortga qaytish