Joriy yilning 22-sentabr kuni Andijon davlat texnika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i V.Turdiyev tomonidan Avtomobilsozlik va transport fakultetining 1-bosqich “Yo‘l muhandisligi” yo‘nalishi K-24-26 guruhi talabalari bilan davra suhbati tashkil etildi. Talabalarga Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi.
Suhbat davomida korrupsiyaga qarshi kurashish nafaqat mas’ul xodimlarning, balki har bir fuqaro, xususan, talaba-yoshlarning ham muhim fuqarolik burchi ekani ta’kidlandi. Talabalarga korrupsiyaviy holatlarga befarq bo‘lmaslik, bunday holatlarning oldini olishda faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etish zarurligi tushuntirildi.
Shuningdek, talabalar institutning korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi rasmiy Telegram kanali — @andmi_antikorr faoliyati bilan tanishtirildi hamda kanalga a’zo bo‘lish tavsiya etildi. Korrupsiya bilan bog‘liq holatlarga duch kelgan taqdirda, o‘z taklif va mulohazalarini @andmi_antikorrbot orqali yuborish mumkinligi haqida ma’lumot berildi.
Bunday targ‘ibot-tushuntirish tadbirlari talaba-yoshlarning huquqiy bilim va korrupsiyaga qarshi immunitetini mustahkamlash, ularda halollik, qonuniylik va mas’uliyat tamoyillarini shakllantirishga xizmat qiladi.https://korrupsiya.astiedu.uz,
https://t.me/andmi_antikorr
🕊https://t.me/AT_fakulteti