ANDIJON DAVLAT TEXNIKA INSTITUTI
KENGASHINING YIG‘ILISH
BAYONNOMASIDAN KO'CHIRMA
2-sonAndijon shahri 2026-yil 30-sentabr
Institutning katta majlislar zali
Institut Kengash raisi o‘rinbosari: M.F.Sherboyev
Institut Kengash kotibi: A.Sh. Mо‘ydinovQatnashadilar: Institut Kengash a’zolari
§3
3. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident farmon va qarorlari (PF-270, PQ-147) hamda vazirlik me’yoriy hujjatlari ijrosining holati to‘g‘risida.
Eshitildi:
Kun tartibidagi ushbu masala yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo`limi boshlig`i V.A.Turdiyev so‘zga chiqib masala yuzasidan tayyorlagan ma’ruzasini o‘qib eshittirdi.
Asosiy natija - O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qonunlar, Prezident farmon va qarorlari, ularga asosan qabul qilingan vazirlik va institut me’yoriy hujjatlar ijrosini ta’minlash natijasida 2025-2026 yillar davomida korrupsion moddalar bo‘yicha professor-o‘qituvchilar va xodimlarga nisbatan jinoiy va ma’muriy ishlar qo‘zg‘atilmagan.
1. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident farmon va qarorlari
O‘zbekistonda 2017-yildan boshlab korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tizimli huquqiy baza yaratilib, 90 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar, shu jumladan 10 ga yaqin maxsus Qonun, 40 dan ortiq Prezident farmon va qarorlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ko‘plab qarorlari qabul qilingan.
Aynan ushbu davrda qabul qilingan va sohaning asosini tashkil etuvchi eng muhim hujjatlar quyidagilardir:
• «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonun (03.01.2017 yildagi O‘RQ 419-son qonuni ilk fundamental qonun bo‘lib, «korrupsiya» va «manfaatlar to‘qnashuvi» tushunchalariga huquqiy ta’rif berdi.
• «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonun (2018 va yangi tahrirda 2021 yil) — davlat mablag‘larining sarflanishida shaffoflikni ta’minladi.
• «Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish to‘g‘risida»gi Qonun (2024 yil) — davlat tashkilotlarida shaxsiy manfaatdorlikning oldini olish mexanizmlarini mustahkamladi.
• “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ...qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun (2026-yil 22-iyundgi 1155-son) bilan bir qator qonun, Jinoyat va Ma’muriy Kodekslarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
• PF-6013-sonli Farmon (29.06.2020 yil) — mazkur hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda soha bo‘yicha Milliy kengash tashkil etildi.
• PF-6247-sonli Farmon (16.06.2021 yil) — davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlarni e’lon qilish tartibi belgilandi.
• PQ-81-sonli Qaror (12.01.2022 yil) — davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi «komplaens nazorat» tizimi (jumladan, ISO: 37001 xalqaro standarti) joriy etildi.
• O‘zbekiston Respubliksi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi 147-son qarori
• PF-259-son famon (26.12.2025) DAVLAT XARIDLARI TIZIMIDA RAQOBAT MUHITI VA SHAFFOFLIKNI TA’MINLASH BO‘YICHA NAVBATDAGI CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
• PF-270-son Farmon (30.12.2025 yil) — tizimni yanada takomillashtirish va korrupsiya xavf -xatarlarini baholashning yangi mexanizmlarini belgilab berdi.
Bundan tashqari, sohada qonunchilik hujjatlarini «Korrupsiyadan xoli qonunchilik» tamoyili asosida majburiy ekspertizadan o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi 270-son farmoni bajarilishi
Prezidentning 2025 yil 30 dekabrdagi PF-270-son Farmon bilan ichki nazorat xodimlarining moddiy rag‘batlantirilishini ta’minlash maqsadida quyidagi muhim kafolatlar va ustamalar tartibi belgilangan:
• Maksimal ustamalar avtomatik qo‘llaniladi: Ichki nazorat bo‘linmalari rahbar va xodimlarining faoliyatiga nisbatan samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) bahosi qo‘llanilmaydi. Natijada, ushbu lavozim uchun nazarda tutilgan KPI ustamalarining maksimal miqdori ularga to‘liq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri tatbiq etiladi.
• Maosh yoki ustamalarni kamaytirish taqiqlanadi: Ichki nazorat xodimlarining ustamalari miqdorini pasaytirish masalasi faqatgina Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining roziligi bilan hal etilishi mumkin. Tashkilot rahbariyati o‘zboshimchalik bilan ularning oyligi yoki ustamasini kamaytira olmaydi. Shu sababli, ularning umumiy oylik daromadi o‘zlari faoliyat yuritayotgan vazirlik, idora yoki davlat
korxonasining ichki mehnatga haq to‘lash tizimidagi eng yuqori ustama va mukofot pullarni inobatga olgan holda shakllanadi.
Prezident farmonining bo‘lim xodimlariga maksimal ustamalar avtomatik qo‘llash talabi institutda bajarilmagan.
3. O‘zbekiston Respubliksi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi 147-son qarorining bajarilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 apreldagi PQ-147-son qarori (1-ilova) bilan davlat organlari va tashkilotlarida, shu jumladan davlat ulushi bo‘lgan Oliy ta’lim muassasalarida (OTM) korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplaens-nazorat) bo‘linmalarini tashkil etishning minimal mezonlari
(shtat birliklari soni) muassasaning umumiy shtatlar soniga qarab quyidagicha belgilangan:
Minimal shtat birliklari soni
Qarorga muvofiq, OTMlardagi korrupsiyaga qarshi kurashish tuzilmalarining shtat birliklari umumiy shtatlar soni va tarkibiy bo‘linmalar mavjudligiga qarab quyidagicha belgilanadi:
• 150 tagacha shtat bo‘lganda: Tarkibiy bo‘linmalar mavjud bo‘lmasa 1 ta xodim, hududiy yoki tarkibiy bo‘linmalar mavjud bo‘lsa markaziy apparatda 2 ta xodimdan iborat bo‘lim va har bir tarkibiy bo‘linmada 1 tadan xodim etib belgilanadi.
• 150 — 400 tagacha shtat bo‘lganda: Tarkibiy bo‘linmalar bo‘lmasa markaziy apparatda 2 ta xodimdan iborat bo‘lim; tarkibiy bo‘linmalar mavjud bo‘lsa markaziy apparatda 3 ta xodimdan iborat bo‘lim va har bir tarkibiy bo‘linmada 1 tadan xodim tayinlanadi.
• 400 ta va undan ortiq shtat bo‘lganda: Shtatlar hajmidan kelib chiqib kengaytirilgan bo‘lim yoki boshqarma shaklida tashkil etiladi.
Prezident qarorining bo‘lim minimal mezonlariga asosan belgilangan 3-chi shtat birligini tayinlash talabi institutda bajarilmagan.
4. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha vazirlik me’yoriy hujjatlari ijrosining holati - O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 231-sonli buyrug‘i (2024 yil 5-iyunda qabul qilingan).
Unga asosan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi faoliyati to‘g‘risidagi nizom” hamda “Oliy ta’lim muassasasi Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi faoliyati to‘g‘risidagi namunaviy nizom”
tasdiqlangan.
06.06.2026da mazkur buyruq bo‘yicha institutning 292-son ichki buyrug‘i qabul qilindi va 09.06.2026da tasdiqlangan “Andijon davlat texnika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi faoliyati to‘g‘risidagi nizom”i tasdiqlandi va barcha rahbar orqali yetkazildi. Natijada institutda tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsada, bo‘lim vakolatidagi huquq va
funksiyalarini ayrim rahbar xodimlar chuqur o‘rganib chiqmaganligi kuzatilmoqda. - O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 369-sonli buyrug‘i (2024 yil 8 oktabrda qabul qilingan) vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini yanada samarali tashkil etish va tizimda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etishni tartibga soladi.
Shu bilan birga, ushbu buyruq va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki idoraviy hujjatlar talablari asosida ishga qabul qilish jarayoniga quyidagi muhim cheklovlar va qoidalar belgilangan:
• Manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik: Ishga qabul qilinayotgan nomzodlarning vazirlik tizimidagi boshqa xodimlar bilan qarindoshlik aloqalari va manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi majburiy tartibda tekshiriladi.
• Komplaens-nazorat va tekshiruv: Tizim tashkilotlari va oliy ta’lim muassasalariga ishga kirayotgan nomzodlar korrupsiyaviy xavf-xatarlar tahlilidan o‘tkaziladi (ya’ni, ularning oldingi faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar mavjudligi o‘rganiladi).
• Ochiqlik va shaffoflik: Kadrlarni ishga qabul qilish jarayonlarini halollik standartlari asosida, tanish-bilishchilik va suiiste’molchiliksiz, ochiq tanlovlar orqali amalga oshirish talab etiladi.
Ushbu buyruq talablarini bajarishda bir qator kamchiliklarni bartaraf etishda tizimli ishlar olib borilmoqda. - Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 8-oktabrdagi 308-sonli buyrug‘i bilan 2024-yil iyul oyida e’lon qilingan tashqi tekshiruvlarga 3 yillik moratoriy davrida moliyaviy nazorat tartibi tasdiqlangan. Ung asosan institut ichki audit va komplaens nazorat xizmati OTMning budjet va budjetdan tashqari (shartnoma) mablag‘lari to‘g‘ri sarflanayotganini, davlat xaridlarining qonuniyligini va moddiy boyliklarning saqlanishini tekshirish vakolatiga ega.
Mazkur buyruq ijrosini ta’minlash jarayonida institutda jiddiy mammolar muammolar mavjud emas. Shu bilan birga yangi tayinlangan bosh auditor tomonidan moliyaviy nazorat tadbirlarini o‘tkazib holatni o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. - Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 28-yanvardagi "O‘zbekiston Respubtikasi Qonuni ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”gi 25-sonli buyrug‘iga asosan qabul qilingan 2025-yil 20-fevraldagi 17-son buyrug‘i bilan 931-son qonunda manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha deklaratsiyalarni taqdim etish bo‘yicha belgilangan talablar ijrosini ta’minlash yo‘lga qo‘yildi. 2025 va 2026 yillarda taqdim etilgan deklaratsiyalar tahlillari bo‘yicha ma’lumotnomalar Xodimlar bo‘limiga kamchiliklarni bartaraf etish uchun yuborilgan. Natijada, 4ta rahbar xodimning tijorat faoliyati tartibga soindi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i V.Turdiyevning axboroti va so‘zga chiqqanlarning fikr-mulohazalarini inobatga olib, Kengash
Q A R O R Q I L A D I:
1. Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i V.Turdievning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin, qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilsin.
2. Fakultet dekanlari, Magistratura bo‘limi vazifasini vaqtincha bjaruvchisi, Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i V.Turdievga: - institutga qabul qilingan talabalar bilan profilaktik tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish, - talabalarni Bosh prokuratura huzuridagi korrupsiyaga qarshi “Virtual akademiya”sida o‘qitishni tashkil qilish.
Muddat : doimiy
3. Institut prektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, mustaqil boshqarma, bo‘lim va markazlar raxbarlari, Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i V.Turdievga: - professor-o‘qituchilar va xodimlar bilan profilaktik ishlarni davom ettirish, shu jumladan soha bo‘yicha me’yoriy hujjatlar mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha suhbatlar, seminar-treninglar o‘tkazish; - institut boshqaruv xodimlarini Bosh prokuratura huzuridagi korrupsiyaga qarshi “Virtual akademiya”sida o‘qitishni tashkil qilish.
Muddat : doimiy
4. Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i, institut bosh auditoriga: - instutut davlat xaridlarida korrupsion, shu jumladan manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining oldini olishga yo‘naltirilgan preventiv choralarni ko‘zrish ta’minlansin;
Muddat: doimiy
5.Ushbu qaror ijrosining nazoratini o‘z zimmamda qoldiramanInstitut Kengash raisi o‘rinbosari: imzolangan M.F.Sherboyev
Institut Kengash kotibi: imzolangan A.Sh. Mо‘ydinov