Andijon davlat texnika instituti Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetida korrupsiyaning oldini olish, uning salbiy oqibatlarini tushuntirish hamda talabalarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan tushuntirish va targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Andijon davlat texnika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati bo‘limi boshlig‘i Valijon Turdiyev tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim jihatlari, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, halollik va qonuniylik tamoyillariga rioya etish masalalari yuzasidan atroflicha tushunchalar berildi.
Shuningdek, korrupsiyaga olib keluvchi omillar, uning jamiyat va ta’lim tizimiga salbiy ta’siri hamda korrupsiyaga qarshi kurashishda har bir fuqaroning mas’uliyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan batafsil javob oldilar.
Korrupsiyaga qarshi kurashish — halollik, adolat va yuksak mas’uliyatni qaror toptirishdan boshlanadi!
#AndijonDavlatTexnikaInstituti #KorrupsiyagaQarshiKurash #KomplayensNazorat #Halollik #IqtisodiyotVaBoshqaruv
Iqtisodiyoti va boshqaruv fakulteti rasmiy kanali:
https://t.me/iqtisodiyot_andti