2026-yil 16-oktabr kuni Andijon davlat texnika instituti Axborot-resurs markazida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan “Mualliflik huquqini himoya qilish oyligi” doirasida “Mualliflik huquqi, plagiat va akademik halollik” mavzularida seminar-trening o‘tkazildi.
⚖️Tadbirda Andijon viloyati Adliya boshqarmasi Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sho‘basi bosh maslahatchisi Sh. G‘ulomov, Intellektual mulk markazi davlat muassasasi Andijon viloyat filiali bosh maslahatchisi K. Muxammadsobirov, Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati bo‘limi boshlig‘i V. Turdiyev, kafedra professor-o‘qituvchilari, Axborot-resurs markazi direktori R. Mamatov hamda ARM xodimlari ishtirok etdilar.
⚖️ Seminar davomida intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, mualliflik huquqi buzilganda ko‘riladigan chora-tadbirlar, plagiat va akademik halollik tamoyillari haqida muhim ma’lumotlar berildi.
🤖 Shuningdek, bugungi kunda sun’iy intellekt texnologiyalarining turli sohalarga jadal kirib kelishi, undan foydalanish jarayonida mualliflik huquqi va akademik halollik talablariga rioya etish masalalari ham muhokama qilindi.
📖 Tadbirda kitobxonlarga elektron xizmat ko‘rsatish jarayonida mualliflik huquqi bilan bog‘liq masalalar, elektron resurslardan qonuniy va mas’uliyatli foydalanish hamda kutubxonachilarning bu boradagi huquq va majburiyatlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
💬 Seminar-trening yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob oldilar hamda mualliflik huquqini himoya qilish, plagiatning oldini olish va akademik halollik tamoyillariga rioya etish bo‘yicha zarur tavsiyalarga ega bo‘ldilar.
✨ Mualliflik huquqini hurmat qilish — intellektual mehnatni qadrlashdir!🏫Bizni kuzatishda davom eting!📲 Telegram kanal: https://t.me/andmi_antikorr
🌐 Veb-sayt: korrupsiya.astiedu.uz