“Huquqiy targ‘ibot”da Prezident farmoni

• Jan. 27, 2026, 4:25 p.m. • 3
“Huquqiy targ‘ibot”da Prezident farmoni

Andijon davlat texnika institutida  2026-yil 27-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan “Huquqiy targ‘ibot”  mashgu‘lotida  davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-270-son farmoni mazmun-mohiyati  yoritildi. 
Institut Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i V.Turdiyev tomonidan farmonning asosiy maqsad va vazifalari,  ustuvor yo‘nalishlari, unda belgilangan davlatimizning korrupsiyaga qarshi siyosati, komplaens tizimini takomillashtirish choralari haqida institut professor-o‘qituvchilari va xodimlariga batafsil tushunchalar berildi.                                                                                       https://korrupsiya.astiedu.uz
https://t.me/andmi_antikorr



Ortga qaytish