ANDIJON DAVLAT TEXNIKA INSTITUTIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHDA TYUTOR VA TALABALAR HAMKORLIGIGA BAG‘ISHLANGAN MA’RUZA TASHKIL ETILDI

• Oct. 17, 2026, 2:33 p.m. • 12
ANDIJON DAVLAT TEXNIKA INSTITUTIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHDA TYUTOR VA TALABALAR HAMKORLIGIGA BAG‘ISHLANGAN MA’RUZA TASHKIL ETILDI

Andijon davlat texnika institutida ta’lim muhitida korrupsiyaning oldini olish, talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularda halollik va adolat tamoyillariga sodiqlikni mustahkamlash hamda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan ma’ruza tashkil etildi.
✍️ “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tyutor va talaba hamkorligi: profilaktika choralari va komplayens-nazorat tuzilmasining imkoniyatlari” mavzusidagi ma’ruzani institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati bo‘limi boshlig‘i V. Turdiyev olib bordi. Ma’ruzada oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb jihatlari, ushbu illatning oldini olishda tyutorlar va talabalarning o‘zaro hamkorligi, shuningdek, komplayens-nazorat tizimining vazifalari va imkoniyatlari atroflicha yoritildi.
🌀 Tadbir davomida korrupsiyaning ta’lim sifati, adolatli baholash tizimi va yoshlarning kelajakdagi kasbiy faoliyatiga salbiy ta’siri haqida fikr yuritildi. Oliy ta’lim muassasasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, barcha talabalar uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash hamda ta’lim jarayonida shaffoflik va xolislik tamoyillariga rioya etish korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim shartlaridan biri ekani ta’kidlandi.
🤔 Ma’ruzada tyutor va talaba hamkorligi alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Tyutorlarning talabalar bilan muntazam muloqot olib borishi, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlashi, huquq va manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashishi hamda korrupsiyaviy holatlarning oldini olishda faol ishtirok etishi muhimligi qayd etildi. O‘z navbatida, talabalarning o‘z huquq va majburiyatlarini yaxshi bilishi, bilimni halol egallashi, adolatsizlik va ta’magirlik holatlariga befarq bo‘lmasligi zarurligi tushuntirildi.
Shuningdek, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etishda profilaktik chora-tadbirlarning ahamiyati ochib berildi. Jumladan, huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, tushuntirish suhbatlari va so‘rovnomalar tashkil etish, talabalar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash orqali korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillarni kamaytirish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.
Bundan tashqari, institutda faoliyat yurituvchi Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati bo‘limining o‘rni va imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. Bo‘lim boshlig‘i V. Turdiyev tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, ta’lim jarayonida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga ko‘maklashish hamda kelib tushgan murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Talaba va tyutorlarning korrupsiyaga oid holatlarga duch kelganida belgilangan rasmiy murojaat kanallaridan foydalanishi, mavjud muammolar haqida xabar berishdan cho‘chimasligi lozimligi tushuntirildi.
Shu bilan birga, ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish, jumladan, elektron tizimlardan samarali foydalanish orqali inson omilini kamaytirish, baholash jarayonlarining xolisligini ta’minlash va ortiqcha to‘siqlarning oldini olish masalalari ham muhokama qilindi.

🤔 Ma’ruza yakunida korrupsiyaga qarshi kurashish faqat mas’ul tuzilmalarning vazifasi emas, balki institutning har bir xodimi va talabasining umumiy mas’uliyati ekani alohida ta’kidlandi. Halollik, adolat, qonuniylik va shaffoflik tamoyillariga amal qilish orqali korrupsiyadan xoli ta’lim muhitini yaratish, yoshlarning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoit yaratish mumkinligi qayd etildi.
🔜Korrupsiyaga qarshi kurashish — halollikni kundalik hayot tamoyiliga aylantirish, o‘z huquqlarini bilish va adolatni ta’minlash yo‘lida birgalikda harakat qilishdan boshlanadi.

🏫Bizni kuzatishda davom eting!

 https://korrupsiya.astiedu.uz,         
 https://t.me/andmi_antikorr



Ortga qaytish