📆Joriy yilning oktabr–noyabr oylarida Andijon davlat texnika instituti boshqaruv xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi “Virtual akademiya” maxsus kursida o‘qitish rejalashtirilgan.
✍️ 2026-yil 28-avgustdagi Institut Kengashi qaroriga muvofiq, rahbar xodimlarni mazkur maxsus kursga tayyorlash maqsadida institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi, RTTM hamda Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakulteti hamkorligida ichki onlayn test savollari tayyorlandi.
🔜 Shu munosabat bilan @korrupsiya_probot platformasi orqali onlayn test sinovlarida ishtirok etish imkoniyati yaratildi. Test sinovlarida ilova qilingan ro‘yxatga kiritilgan institut boshqaruv xodimlarining ishtirok etishi belgilangan.
📝 Test topshirish tartibi:
✅ Platformaga kirish va tegishli tuzilmani tanlash;
✅ F.I.Sh. hamda telefon raqamini kiritish;
✅ Ro‘yxatdan o‘tish;
✅ Shaxsiy profilga kirish;
✅ “Test” bo‘limini tanlash va test sinovlarini bajarish.
📌Test sinovlari shartlari:
↪️ Savollar soni — 25 ta;
↪️ Ajratilgan vaqt — 25 daqiqa;
↪️ Testdan muvaffaqiyatli o‘tish uchun minimal natija — 60 foiz.
⏰ MUHIM! TEST TOPSHIRISHNING OXIRGI MUDDATI
Barcha tegishli boshqaruv xodimlaridan test sinovlarini 2026-yil 24-oktabr kuni soat 18:30 ga qadar yakunlashlari so‘raladi.
🔗 Test platformasi: @korrupsiya_probot
🤔 Hurmatli rahbar xodimlar, belgilangan muddatlarga qat’iy rioya qilishingiz hamda test sinovlarida o‘z vaqtida ishtirok etishingiz so‘raladi.🏫Bizni kuzatishda davom eting!