1-bosqich talabalarining ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi

• Oct. 20, 2026, 11:31 a.m. • 19
1-bosqich talabalarining ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Andijon davlat texnika institutida "Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari" fakulteti 1-bosqich talabalarining ota-onalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  Samimiy suhbat davomida talabalarga yaratib berilgan sharoitlar, o‘quv jarayonining tashkil etilishi, tartib-qoidalarga rioya etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i V.Turdiyev ishtiriok etib, Prezidentimiz tashabbusi sohada amalga oshirilayotgan islohotlar,  akademik korrupsiya ko‘rinishlari, bo‘lim bilan aloqa tizimlari haqida ma’lumotlar yetkazildi.
Uchrashuvda  institut profilaktika inspektori B.Maxammadjonov, fakultet dekani M.Sherboyev, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar, talabalar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.                                    

 https://korrupsiya.astiedu.uz,         
 https://t.me/andmi_antikorr



Ortga qaytish