Viloyat Hududy kengashi bilan hamkorlik

• Oct. 26, 2026, 11:30 a.m. • 16
Viloyat Hududy kengashi bilan hamkorlik

Andijon davlat texnika instituti va viloyat Korrupsiyaga qarshi kurashish Hududiy kengashi o‘rtasida samarali hamkorlik o‘rnatildi. Jumladan, kengash va oliy ta’lim tashkilotlari komplayens ichki nazorat tuzilmalari xodimlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ommaviy axborot vositalarida Kengash va tuzilmalar tomonidan olib borilayotgan ishlarni yoritib borish, metodik va amaliy aloqalar yo‘lga qo‘yilmoqda.
Hamkorlik natijasida institut Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i V.Turdiyev xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi ekspertlar guruhiga kiritildi. Mazkur tuzilma, yoshlar maslahat guruhi a’zolari hamda masalaga oid tashkilot mas'ullari ishtirokida  Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kirtilgan masalalar bo‘yicha muhokamalar o‘tkazildi.                     https://korrupsiya.astiedu.uz,         
 https://t.me/andmi_antikorr



Ortga qaytish