Andijon davlat texnika instituti Mexanika va kimyo muhandisligi fakulteti tyutorlari Xurshida Nurmatova hamda Lutfillo Usarov tomonidan talabalar o‘rtasida “Korrupsiya — kelajakka tahdid” mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi.
Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, huquqiy savodxonlikni oshirish, halollik, adolat va vijdon kabi yuksak insoniy qadriyatlarni targ‘ib etishdan iborat.
Tanlov davomida talabalar o‘z insholari orqali korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning oqibatlari hamda unga qarshi kurashishda yoshlarning o‘rni haqida o‘z fikr va mulohazalarini bayon etdilar.
Zero, halollik bor joyda ishonch, adolat bor joyda taraqqiyot bo‘ladi!
#KorrupsiyagaQarshi #Halollik #KelajakBizningQo‘limizda #ADTI