Andijon davlat texnika instituti Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakultetida talaba-yoshlar o‘rtasida “Korrupsiya — kelajakka tahdid” mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi.
✍️ Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talaba-yoshlar ongida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularda halollik, adolat, vijdon va mas’uliyat kabi yuksak insoniy fazilatlarni mustahkamlashdan iborat.
Tanlov davomida talabalar o‘z insholarida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning mamlakat kelajagi va yoshlar hayotiga yetkazishi mumkin bo‘lgan zararli oqibatlari haqida o‘z fikr-mulohazalarini ijodiy tarzda bayon etdilar.
🏆 Bunday tanlovlar yosh avlodni halollik va adolat tamoyillari asosida tarbiyalash, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida ularning huquqiy bilim va dunyoqarashini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Zero, korrupsiyasiz jamiyat — farovon kelajak poydevoridir!
#KorrupsiyagaQarshiKurash
#KelajakBizningQolimizda