“Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi

• Nov. 17, 2026, 11:05 a.m. • 5
“Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi

Andijon davlat texnika instituti Qurilish muhandisligi va elektroenergetika fakultetida tyutorlar I. Uzaqboyev, F. Xankeldiyeva hamda Sh. Abdukasimovalar tomonidan "Aksilkorrupsiya oyligi" doirasida  talabalar o‘rtasida “Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi.
Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad- talaba-yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, halollik, adolat va vatanparvarlik kabi yuksak insoniy fazilatlarni targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.
Tanlov davomida talabalar korrupsiyaning jamiyat taraqqiyoti, davlat boshqaruvi, iqtisodiyot hamda yoshlar kelajagiga salbiy ta'siri haqida o‘z fikr-mulohazalarini yozma ravishda bayon etdilar. Shuningdek, insholarda korrupsiyaning oldini olish, qonun ustuvorligini ta'minlash, halollik va shaffoflik tamoyillariga amal qilish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.



Ortga qaytish