Andijon davlat texnika instituti Avtomobilsozlik va transport fakultetida yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ularda halollik, adolat va qonunlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida “Korrupsiya — kelajakka tahdid” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.
Tanlov davomida talabalar korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning oldini olish yo‘llari, yoshlarning bu boradagi mas’uliyati hamda halollik va adolat tamoyillarining ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini ijodiy yondashuv asosida bayon etdilar.
Ishtirokchilar o‘z insholarida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish, poraxo‘rlik va tanish-bilishchilik kabi illatlarga qarshi kurashish qonun ustuvorligini taʼminlash zarurligi alohida taʼkidlandi.
Mazkur tanlov yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda ularni halollik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.