Andijon davlat texnika instituti "Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari" fakultetida talaba-yoshlari o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonunlarga hurmat va qonuniylik tamoyillarini mustahkamlash maqsadida “Qonun ustuvorligi — adolatli jamiyat va taraqqiyot kafolati” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida qonun ustuvorligining jamiyat hayotidagi o‘rni, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, yoshlarning qonunlarga hurmat ruhida kamol topishi kabi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, adolatli jamiyat barpo etish, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish hamda har bir fuqaroning qonun oldidagi mas’uliyatini anglash muhimligi ta’kidlandi.
Qonun ustuvor bo‘lgan yurtda adolat qaror topadi, inson qadri ulug‘lanadi va taraqqiyot uchun mustahkam poydevor yaratiladi!
#QonunUstuvorligi #HuquqiyMadaniyat #AdolatliJamiyat #Yoshlar #AndDTI